Mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirişga hissa qöşgan bir guruh marhum olim va ijodkorlar mukofotlandi. Ular orasida Özbekiston xalq şoiri Anvar Obidjon ham bor. U “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Kun.uz muxbiri Oltiariq tumanidagi Poloson qişloğida – şoir yaşagan xonadonda bölib marhum ijodkorning yaqinlari bilan suhbatlaşdi.
“Akam bilan bitta yostiqda ulğaydik. Keyin u Samarqandga ketdi öqişga. Öqişni tamomlab armiyaga otlandi. Toşkentda işlab yurgan kezlarida uni yöqlab poytaxtga köp marta borganman. «Yoş gvardiya» naşriyotida işlardi u paytda.

Said Ahmad, Ahmadjon Meliboyev, Xurşid Davronlar bilan uçraşib, ularning köp suhbatini olganman.

Erkin Vohidov, Said Ahmad Oltiariqqa kelsa, meni körmasdan ketmas edi. Akam bilan faxrlanaman, u orqali köplab ziyoli odamlar bilan tanişdim”, deydi Anvar Obidjonning ukasi Tohir Obidjon.

“Oilada beş öğil, bir qiz edik. Uç ukam ötib ketdi. Anvarjondan keyin yana ikki ukam ötdi. Anvarjon prezident tomonidan taqdirlanganiga suyunib özimni qöyarga joy topa olmay yuribman. Bir neça kundirki, xonadonimizda katta töy”, deydi Anvar Obidjonning opasi Xolisxon Rahimova.

“Anvar Obidjon bilan 50 yil birga yaşadik. Beş farzandli böldik. 30 yil Toşkentda yaşadik. Nihoyatda bolalarni yaxşi körar edi. Şuning uçun ham bolalar şoiri böldi.

Oddiy bir kolxozçi oilasida tuğilganman. 18 yoşga tölmasdan turmuşga çiqdim. Sovçilar orqali tanişganmiz. Bir-birimizni avval körmagan edik. Ijod qilişim, yozişim kerak derdi doim. Kelajak avlod uçun köp harakat qilişim kerak deb köp gapirardi.


















