Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Ukraina 2018 yilgi JChni boykot qilishi mumkin
Ukraina terma jamoasi saralash bosqichidan o‘tib 2018 yilgi Jahon chempionatiga yo‘l oladigan bo‘lsa, siyosiy sabablar tufayli Rossiyada o‘tadigan bu mundialni bekor qilishi mumkin. Bu haqda Ukraina futbol federatsiyasidagi manbasiga asoslanib, "Izvestiya" nashri xabar tarqatgan.
Hozirda bu masala mamlakat rahbariyati darajasida ko‘rib chiqilmoqda.
"Ukraina hukumati va UFF vakillari 2018 yilgi jahon chempionatini boykot qilish haqida jiddiy o‘ylashmoqda. Ukraina tomoni 2018 yilda ham Rossiya bilan munosabatlar tarangligicha qoladi deb hisoblamoqda. Shu tufayli Ukraina futbol federatsiyasi amaldorlari terma jamoa turnirga yo‘llanma olgan taqdirda, bu yo‘llanmadan ixtiyoriy ravishda voz kechish variantini muhokama etishmoqda", degan manba.
Ukraina terma jamoasi saralash bosqichida I guruhida Islandiya, Finlandiya, Kosovo, Xorvatiya va Turkiya bilan birga ishtirok etmoqda. Birinchi turda ukrainlar islandlar bilan durang o‘ynadi. Guruhda birinchi o‘rinni egallagan terma jamoa mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Ikkinchi o‘rin sohibi esa pley-off bahslarida ishtirok etadi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026