Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina JCh-2018ni boykot qilgani haqidagi xabar rad etildi
Futbol bo‘yicha Ukraina terma jamoasi 2018 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, turnir boykot qilinmaydi. Bu haqda Ukraina milliy terma jamoasi matbuot xizmati rahbari Aleksandr Glivinskiy ma'lum qilgan.
Bundan oldinroq Ukraina hukumati va Ukraina futbol federatsiyasi saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan holda yo‘llanmaga ega chiqsa, siyosiy sabablar tufayli turnirdan ko‘ngilli ravishda voz kechish variantini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
"Unday emas, hozir bunday gapning o‘rni emas. Buni kimdir o‘ylab topgan. Biz saralash bosqichida qatnashayapmiz. Terma jamoa oldiga saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tish vazifasi qo‘yilgan. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas. Men futbol federatsiyasida, terma jamoa lagerida bunday gaplarni eshitmadim", deya uning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Ukraina terma jamoasi saralash bosqichida I guruhida Islandiya, Finlandiya, Kosovo, Xorvatiya va Turkiya bilan birga ishtirok etmoqda. Birinchi turda ukrainlar islandlar bilan durang o‘ynadi. Guruhda birinchi o‘rinni egallagan terma jamoa mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanma oladi. Ikkinchi o‘rin sohibi esa pley-off bahslarida ishtirok etadi.
JCh-2018 Rossiyaning Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Quyi Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-Don, Sochi va Yekaterinburg shaharlarida, 2018 yilning 14 iyunidan 15 iyuliga qadar o‘tkazilishi belgilangan.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
14:46 / 18.06.2026
Moskva yana zarba ostida. Ukraina mingga yaqin dron uchirgan
08:45 / 18.06.2026
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
15:51 / 17.06.2026
Rossiya ichkarisiga dron hujumlari bilan Ukraina nimaga erishyapti?
22:31 / 16.06.2026