Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston delegatsiyasi Latviyaga tashrif buyurdi
Mintaqaviy taraqqiyot uchun mas'ul markaz va viloyat darajasidagi davlat idoralari xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Latviyaga tashrif buyurdi.
O‘quv-tanishuv safarining bosh maqsadi - Latviya davlat idoralarining mahalliy boshqaruv bo‘yicha tajribasini o‘rganish. Xususan, mintaqaviy taraqqiyotni rejalashtirish, markaziy va mahalliy hukumat idoralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va koordinatsiya, Deputatlar mahalliy kengashi va ijroiya hokimiyati o‘rtasidagi hamkorlik, mintaqaviy taraqqiyot sohasida davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik.
Delegatsiya 5 sentabrdan 10 sentabrgacha Latviyada bo‘ladi. Tashrif davomida parlamentning tegishli qo‘mita va departamentlari, Latviya vazirliklari va agentliklari xodimlari bilan uchrashuvlar, Latgal viloyati ma'muriyati misolida mintaqaviy rejalashtirish jarayoni bilan tanishuv, shuningdek davlat va kommunal xizmatlarni taqdim etuvchi bir qator markazlar faoliyatini kuzatish ko‘zda tutilgan.
Hozirga qadar Atrof-muhitni muhofaza qilish va mintaqaviy taraqqiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mintaqaviy taraqqiyot davlat agentligi va Latviya hukumatining mahalliy va mintaqaviy assotsiatsiyalarida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Shunisi hurmatga loyiqki, Atrof-muhit muhofazasi va mintaqaviy taraqqiyot vazirligidagi uchrashuv Latviya tomonining tashabbusi bilan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga sukut saqlash bilan boshlandi.
Mavzuga oid
11:39 / 02.02.2026
Latviya O‘zbekistonda haydovchilarni tayyorlash markazlari ochish niyatini bildirdi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
14:24 / 06.01.2026