Jahon | 23:30 / 08.09.2016
8408
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Guantanamo bazasidagi qamoq lagerlaridan birini yopdi

AQSh harbiylari Guantanamodagi qamoq lagerlaridan birini yopdi, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi. 

AQSh harbiy-dengiz kuchlari vakili Jon Filostratning aytishicha, yopilgan lager mahbuslar uchun tibbiy markazga aylantiriladi. Lagerda saqlangan mahbuslar Kubadagi boshqa turmalarga o‘tkaziladi.

Kubadagi Guantanamo bazasidagi turma 2001 yil 11 sentabrdagi teraktdan keyin 
terrorchilikda ayblangan va gumon qilinganlarni saqlash uchun yaratilgan.  

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid