Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio-de-Janeyroda Paralimpiya o‘yinlari ochiq deb e'lon qilindi
7 sentabr kuni Rio-de-Janeyrodagi «Marakana» stadionida XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimi oldidan tashkiliy qo‘mita raisi Karlos Artur Nuzman va Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Filip Kreyven nutq so‘zladi.
Shundan so‘ng braziliyalik Klodoaldu Silva 2016 yilgi Paralimpiya o‘yinlari mash'alasini yoqdi.
Milliy Olimpiya Qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ochilish marosimida O‘zbekiston bayrog‘ini Lionda bo‘lib o‘tgan yengil atletika bo‘yicha 2013 yilgi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan Doniyor Soliyev maydonga ko‘tarib chiqqan.
«Hilpirayotgan O‘zbekiston Davlat bayrog‘i ostidagi sport delegatsiyamizning bayramona kiyimlari, ayniqsa, sportchilarimizning o‘zini tutish madaniyati, xalqimizga xos odob bilan chiqishlari boshqa davlat vakillarining havasini keltirdi», — deb yozildi MOQ matbuot xizmatining xabarida.
Rio Paralimpiyasida O‘zbekiston sharafini 32 nafar sportchi himoya qiladi.
Mavzuga oid
11:57 / 30.10.2025
Riodagi qonli reyd: qurbonlar soni 130 kishidan oshdi
10:11 / 30.10.2025
Braziliyada narkomafiyaga qarshi operatsiya: deyarli 120 kishi halok bo‘ldi
16:12 / 29.10.2025
Rioda jinoiy to‘daga qarshi qonli reyd: politsiya amaliyoti chog‘ida 64 kishi halok bo‘ldi
16:18 / 30.08.2024