Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha jurnalistlarni akkreditatsiyadan o‘tkazish boshlandi
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) O‘zbekiston prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha O‘zbekiston va chet el jurnalistlarini akkreditatsiyadan o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zbekiston respublikasi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati xabar bergan.
Jurnalistlar akkreditatsiyadan o‘tishi uchun joriy yilning 1 dekabriga qadar O‘zbekiston Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim qilishlari lozim:
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov nomiga OAV tashkilotining rasmiy blankasida jurnalistni akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza;
akkreditatsiyadan o‘tadigan jurnalistning o‘lchami 3,5x4,5 sm bo‘lgan ikki dona fotosurati;
OAV tashkilotining davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi, elektron OAV uchun – efirga uzatish litsenziyasining nusxasi, xorijiy jurnalistlar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tganligi haqidagi hujjatning nusxasi.
Ko‘rsatilgan ma'lumotlardan iborat bo‘lmagan yoki jurnalistning ularga ilova qilinmagan fotosuratlarisiz ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Qo‘shimcha ma'lumotlarni 239-15-72 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib olish mumkin.
O‘zbekistonda 9 sentabrdan prezident saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasi boshlandi, O‘zbekiston prezidentligiga saylov esa 4 dekabr kuni o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
08:36 / 18.02.2026
O‘zbekistonda tan olinadigan akkreditatsiya tashkilotlari reyestri yuritiladi
09:50 / 19.01.2026
Portugaliyada prezident saylovi natijasini ikkinchi tur hal qiladi
15:24 / 14.01.2026
Xalqaro akkreditatsiya tashkilotlari uchun yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:45 / 25.12.2025