Ta’lim sifatini ta’minlaş milliy agentligi tomonidan Özbekistonda tan olinadigan xalqaro, xorijiy va nodavlat akkreditatsiya taşkilotlari reyestrini yuritiş va ular faoliyatini tartibga solişga doir nizom loyihasi işlab çiqildi.

Loyihaga köra, akkreditatsiya taşkilotini reyestrga kiritiş komissiya qarori asosida amalga oşiriladi. Reyestrga kiritişning asosiy şartlari sifatida akkreditatsiya faoliyati uçun tegişli vakolat hujjatining mavjudligi, akkreditatsiya talab va mezonlarining davlat akkreditatsiyasi talablariga zid bölmasligi, ta’lim sifati tarmoqlarining töla huquqli a’zosi böliş, şuningdek, nufuzli xalqaro reytinglarning top-300 taligidagi kamida 5 ta OTM dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan ötkazgan böliş kabi mezonlar belgilangan. Xalqaro va xorijiy taşkilotlar uçun ekspertlarning kamida 30 foizi xorijiy bölişi talabi ham nazarda tutilgan.

Nizom loyihasida taşkilotni reyestrga kiritiş ariza asosida yoki agentlik taşabbusi bilan amalga oşirilişi körsatilgan. Arizaga ta’sis hujjatlari, vakolatli organlar tomonidan tan olinganlikni tasdiqlovçi hujjatlar, akkreditatsiya standartlari va metodologiyasi, şuningdek, sönggi uç yilda ötkazilgan akkreditatsiya tadbirlari haqida ma’lumotlar ilova qilinişi belgilangan. Ariza va hujjatlar vakolatli bölinma tomonidan 10 iş kunida körib çiqilişi qayd etilgan.

Komissiya tarkibi agentlik direktori buyruği bilan tasdiqlanişi, qarorlar bayonnoma körinişida rasmiylaştirilişi, qaror qabul qiliş uçun a’zolarning kamida 50 foizi iştirok etişi nazarda tutilmoqda. Komissiya qarorini qabul qiliş muddati 30 iş kunigaça belgilangan.

Loyihaga muvofiq, reyestrga kiritilgan akkreditatsiya taşkilotiga 5 yil amal qiladigan guvohnoma beriladi va u komissiya qarori qabul qilinganidan söng 5 iş kuni içida şakllantirilib, agentlik veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Şuningdek, agentlik reyestrga kiritilgan taşkilotlar faoliyatini har uç yilda bir marotaba monitoringdan ötkazişi, zarur hollarda joyiga çiqib örganiş işlari ham amalga oşirilişi mumkinligi qayd etilgan. Qonunçilik va nizom talablariga zid harakatlar, korrupsiyaviy holatlar, majburiy körsatmalarni bajarmaslik kabi holatlar reyestrdan çiqariş uçun asos sifatida belgilangan.

Nizom loyihasida reyestrga kiritilgan taşkilotlarning huquq va majburiyatlari ham körsatilib, akkreditatsiya jarayonlarining qonuniy va xolis olib borilişi, standartlar oçiq e’lon qilinişi, maxfiy axborot saqlanişi, hisobot va qaror nusxasini ikki haftada agentlikka taqdim etiş kabi talablar belgilangan.