Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR AQShdan o‘zini yadroviy superqudratli davlat sifatida tan olishni talab qildi
KXDR yakshanba kuni AQShdan o‘zini yadroviy qurolga ega davlat sifatida tan olishni talab qilgan. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga asoslanib Frans Press xabar tarqatgan.
"Obama yadro quroliga ega bo‘lgan KXDRning strategik pozitsiyasini inkor etishga harakat qilmoqda. Lekin bundan ma'no yo‘q. Bu xuddi qo‘l bilan quyoshni to‘sishga urinish kabidir", deyilgan mamlakat TIV bayonotida.
KXDR hukumati 9 sentabr kuni quvvati 10 kilotonna bo‘lgan yadroviy qurolni yer osti sinovidan o‘tkazgani haqida ma'lum qildi. Bu sinov mamlakat tarixidagi eng kuchli yadro quroli sinovi bo‘lgani aytildi.
Shu kuni mamlakat hududida 5,3 balli zilzila qayd etildi.
Bu sinov hisob bo‘yicha beshinchisi bo‘ldi. Oxirgi marta KXDR 2016 yilning 6 yanvarida, Pangiri poligonida 5 tonnalik yadro sinovini o‘tkazgani haqida ma'lum qilgandi. Shimolliklar 2006, 2009 va 2013 yillarda ham yadro sinovlarini o‘tkazgan.
Qayd etish kerakki, 2016 yilning 9 sentabrida KXDR mustaqillikning 68 yilligini nishonladi.
Shu bilan bir vaqtda BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyadagi yadro sinovlarini qattiq qoraladi va Pxenyanga qarshi yangi jazo choralari qo‘llanishi, avvalgilari kuchaytirilishi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026