Jahon | 09:33 / 11.09.2016
9599
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreya hukumati to‘fonlardan vayron bo‘lgan hududlarni tiklash uchun aholini safarbar qilmoqda

Foto: tvzvezda.ru

Shimoliy Koreya rahbariyati aholidan to‘fon va yomg‘irlardan aziyat chekkan mamlakat shimolidagi uyezd va shaharlar infratuzilmasini tiklash bo‘yicha ishlarda ishtirok etishni iltimos qilmoqda. Bu haqda Koreya ishchi partiyasi markaziy qo‘mitasiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

Shimoliy Koreya shimolida yuz bergan tabiiy ofat tufayli o‘n minglab uylar vayron bo‘ldi, transport va energetika tizimi, sanoat korxonalari va boshoqli o‘simliklar maydonlariga katta ziyon yetgan. Hammadan ko‘proq Xamgen-Pukto viloyati aziyat chekkan.

Shimoliy Koreya shimolidagi Xamgen-Pukto viloyatiga 29 avgustdan 2 sentabrgacha 290 mm dan 320 mm gacha yog‘ingarchilik tushdi. Buning oqibatida Tumangan daryosi o‘zanidan chiqib, viloyatning katta qismi toshqin ostida qoldi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, toshqinlar oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan, 25 kishi bedarak yo‘qolgan. 

Mamlakat hukumati mahalliy aholiga yordam berish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda, hududdagi tiklash ishlariga qurilish brigadalari, Koreya xalq armiyasi kuchlari jalb qilingan.

Mavzuga oid