Tramp: AQSh IShIDga qarshi kurashda Rossiya bilan hamkorlik qilishi kerak
AQSh prezidentligi uchun saylovda Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan Donald Tramp IShIDga qarshi kurash muvaffaqiyatli tarzda olib borilishi uchun Vashington va Moskva tomonlari o‘zaro hamkorlik qilishi kerak deb hisoblaydi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar tarqatgan.
U shuningdek, raqibi Hillari Klintonni avvalgi lavozimida, AQSh Davlat kotibi ekanida Rossiya bilan munosabatlarda tutgan yo‘li uchun tanqid qilib o‘tgan.
"Agar biz Rossiya bilan chiqishib olsak, bu yomon ish bo‘lmaydi-ku, to‘g‘rimi?", degan u Florida shtatidagi saylovchilar bilan uchrashuvi vaqtida.
Tramp shuningdek, demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton "Rossiya bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda to‘la halokatga yuz tutgani" haqida aytib o‘tgan.
"Agar IShID bilan dushman bo‘lgan Rossiya bizga bu tashkilotga qarshi kurashda ko‘maklashsa, bizning bu tashkilotdan qutulishimiz uchun milliardlab mablag‘ sarflasa, men buni to‘la qo‘llab-quvvatlayman", degan milliarder.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024