Tramp Klintonning saylovoldi kampaniyasidagi eng katta xatosini aytdi
AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lgan milliarder Donald Tramp Demokratik partiya vakili hisoblangan raqibi Hillari Klintonning bu siyosiy mavsumdagi eng katta xatoni amalga oshirganini ma'lum qildi.
Uning aytishicha, Klinton xonim milliarderning tarafdorlari ksenofob qarashlarga ega ekanligini aytib, ularni «ayanchli to‘da» deya atash orqali jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygan.
«U ko‘p yillik faoliyati davomida birinchi marta o‘zining haqiqiy hissiyotlarini ochib, millionlab ameriklarga nisbatan toqatsizligini va nafratini ko‘rsatib berdi. Bunday takabburligi bilan u qanday qilib AQSh prezidenti bo‘lishi mumkin?», - deb ta'kidlagan Tramp.
9 sentabr kuni Nyu-Yorkda o‘tkazilgan saylovoldi kampaniyasiga mablag‘ yig‘ish uchun o‘tkazilgan tadbirda Klinton xoni Trampning tarafdorlarini «achinarli insonlar guruhi» deb e'lon qilgandi.
«Bular rasistlar, gomofoblar, ksenofoblar va islamofoblar deb aniqlashtirdi demokratlar vakili Klinton.
Keyinroq u mazkur so‘zlari uchun uzr so‘radi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
10:28 / 27.08.2021