Sport | 22:36 / 13.09.2016
10475
1 daqiqa o‘qiladi

Paralimpiya o‘yinlari. Estafetada yana bir bronza medali qo‘lga kiritildi

Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida ham O‘zbekiston delegatsiyasi hisobiga medal qo‘shildi. Bugun O‘zbekiston vakillari faqat bitta yo‘nalishda ishtirok etishdi. 

Yengil atletikaning erkaklar o‘rtasida 4x100 estafetasida qatnashgan Miran Saxatov, Mansur Abdurashidov, Doniyor Soliyev va Faxriddin Hamroyevdan iborat jamoa 43.47 natija bilan marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi.

Braziliyaliklar jamoasi 42.37 soniya bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi, ikkinchi o‘rinni xitoylik sportchilar egalladi (43.05).

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi bronza medallar soni 14taga yetdi.

O‘zbekiston vakillari jami 24ta medal (6ta oltin, 4ta kumush va 14ta bronza) olgan holda umumiy reytingda to‘qqizinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid