Özbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Paralimpiya öyinlarida dastlabki oltin medalini qölga kiritdi. Mazkur çempionlik Asila Mirzayorovaga nasib etdi.

T11 klassida uzunlikka sakraş dasturida iştirok etgan sportçi 5.24 metr natijani qayd etib, birinçi böldi. U ikkinçi örindagi raqibini katta farq bilan (33 santimetrga) ortda qoldirdi.

E’tiborli tomoni, u dastlabki urinişda 5.22 metr natija qayd etib, 28 yildan buyon saqlanib turgan Paralimpiya öyinlari rekordini yangiladi. Beşinçi urinişida esa 5.24 metr natija körsatib, özi örnatgan rekordni ham yangilab qöydi.  

Şu tariqa, Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 4 taga yetdi – 1 ta oltin, 2 ta kumuş va 1 ta bronza.

Ma’lumot uçun, uşbu yönalişda avvalgi Paralimpiya öyinlari rekordi 1996 yil Atlantada ötkazilgan öyinlarda örnatilgan. 28 yil avvalgi rekord ispaniyalik Ortiz Oçistkaga tegişli edi – 5,07 m.

Asila Mirzayorova 1999 yil 3 iyulda tuğilgan. 2017 yildan buyon para yengil atletika böyiça Özbekiston jamoasi a’zosi hisoblanadi. Musobaqalarda T11 klassida iştirok etadi. Ikki karra Jahon çempioni, Hangçjou-2022 Para Osiyo öyinlarida oltin hamda Tokio-2020 yozgi Paralimpiya öyinlarida kumuş medalni qölga kiritgan. 2023 yil Parijda bölib ötgan Jahon çempionatida oltin medal olib, Parij-2024 yozgi Paralimpiya öyinlari litsenziyasiga ega çiqqan. «Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sportçi» faxriy unvoni sohibi hisoblanadi.