Burxonova 14.78 metr natija qayd etdi va birinçi örinni qölga kiritdi. Ikkinçi örin italiyalik Assunta Legnatega (14.62) nasib etgan bölsa, meksikalik Rebeka Alvares (13.72) kuçli uçlikka yakun yasab berdi.

Ma'lumot uçun, Safiya Burxonova 2016 yili Rio-de-Janeyroda ötgan Paralimpiya öyinlarida kumuş medalini qölga kiritgandi.

Bugungi bahslarda para-kanoyeçi Azizbek Abdulhabibov (KL2 klassi) 200 m masofaga poygada marraga sakkizinçi bölib yetib keldi.

Para-yengil atletikaçi Temurbek Ğiyosov (T44 klassi) balandlikka sakraş böyiça musobaqada 1,88 m natija bilan oltinçi örinni egalladi.

Yana bir para-yengil atletikaçi, F57 toifasidagi bellaşuvlarda qatnaşgan Yorqin Odilov 11,71 m körsatkiç bilan töqqizinçi örinni egalladi.

Şu tariqa Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 17taga yetdi: 7ta oltin, 4ta kumuş va 6ta bronza. Özbekiston umumiy reytingda medal olgan 84 mamlakat orasida 17-örinda bormoqda. Yetakçilar Xitoy (85-53-46), Buyuk Britaniya (37-34-40) va AQŞ (34-34-24).