Özbekistonlik para-yengil atletikaçi Husniddin Norbekov Tokio-2020 Paralimpiya öyinlarida ğalaba qozonib, delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni keltirdi.
F35 klassida iştirok etgan Norbekov yadro uloqtiriş dasturida öz ğalabasini tantana qildi. U 16:13 metr natija bilan eng yaxşi körsatkiçni qayd etdi.
Norbekov ikki karra Paralimpiya öyinlari çempioniga aylandi - u Rio Olimpiadasida ham tengsiz bölgandi.
Bugun iştirokini boşlagan vakillarimiz orasida para-kanoeçilar Azizbek Abdulhabibov, Hayitmurod Şerqöziyev va Şahnoza Mirzayeva yarimfinalga yöl oldi.
Para-taekvondoçi Zuhriddin Tohirov (-61 kg) ilk bellaşuvda italiyalik raqibiga imkoniyatni boy berib qöydi, Ziyodaxon Isoqova (-49 kg) esa birinçi davrada afğonistonlik sportçi tösiğidan muvaffaqiyatli ötdi, çorakfinalda möğulistonlik raqib ham taslim etildi, ammo u yarimfinalda perulik Leonor Espinozaga yutqazdi (7:17), bronza uçun bahsda tailandlik Xvansuda Pxuangkitçaga ham mağlub böldi (2:18).

Şuningdek, bugun para-yengil atletika böyiça ayollar örtasida F35 klassida yadro uloqtiriş böyiça final bahslari bölib ötdi. Unda iştirok etgan Dilafruzxon Ahmadxonova 8.59 metr natija bilan 4-örinni egalladi. Unga bronza medalini qölga kiritiş uçun 1 sm kamlik qildi. 3-örinni egallagan çexiyalik sportçi Anna Lyuksova 8.60 metr natija körsatdi.
Endilikda Özbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 16taga yetdi (6ta oltin, 4ta kumuş, 6ta bronza) va delegatsiya umumiy reytingda 16-örinda joylaşgan.













