Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda bayram vaqtidagi avtofalokatlarda 150 dan ortiq kishi jarohat oldi
Afg‘onistonning g‘arbida Iyd al-Adha (Qurbon hayit) bayrami vaqtidagi bir qator yo‘l-transport hodisalarida bir kishi halok bo‘ldi, 153 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Pajvak axborot agentligi.
"Hayitning birinchi uch kuni davomida Hirot shahri va Hirot viloyatining qolgan 15 okrugidagi yo‘l-transport hodisalarida 153 kishi jarohat oldi, 19 yoshli yigit halok bo‘ldi", deb ma'lum qildi shahar shifoxonasi vakili Muhammad Shafiq Sherzoy.
Sherzoyning aytishicha, yo‘l-transport hodisalariga asosiy sabab tezlikning oshirilishi va e'tiborsizlik, shuningdek, ba'zi yo‘llarda yo‘l belgilarining yo‘qligi, yo‘llarning yomonligi va mashinalarning ko‘payotganligi sabab bo‘lmoqda.
Mahalliy hukumatning aytishicha, ko‘pchilik avtofalokatlar mototsikllar ishtirokida sodir bo‘lmoqda, ulardan ko‘pchiligi yo‘l harakati qoidalaridan xabardor bo‘lmagan balog‘atga yetmagan bolalar tomonidan boshqariladi.
Mavzuga oid
13:30 / 08.02.2026
Nyu Yorkda 11 yoshli o‘zbekistonlik qiz avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
16:19 / 07.02.2026
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
19:53 / 02.02.2026
Samarqanddagi YTH oqibatida velosipedchi halok bo‘ldi
16:15 / 01.02.2026