Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "F" guruhi. Ronaldu va Morata gollari "Real"ni sensatsion mag‘lubiyatdan saqlab qoldi, "Borussiya D" esa raqibini safarda yanchib tashladi
Chempionlar Ligasining amaldagi chempioni "Real" 14 sentabr oqshomida o‘z maydonida Lissabonning "Sporting" jamoasini qabul qildi.
Dastlabki bo‘limda tomonlar hisobni ochishga erisha olishmadi. Ikkinchi taym boshida Bruno Sezar "Real" darvozasini ishg‘ol qildi, - 0:1.
Mazkur goldan keyin "Real" muvozanatni tiklash uchun harakat qildi. Bu urinishlar 89-daqiqaga kelib o‘z samarasini berdi. Krishtianu Ronaldu ajoyib goli bilan muvozanatni tikladi, - 1:1. Goldan ruhlanib ketgan madridliklar hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalar ham poyoniga yetayotgan bir pallada, aniqrog‘i 90+5-daqiqada Alvaro Morata goli evaziga irodali g‘alabani tantana qildi, - 2:1.
Dortmundning "Borussiya" jamoasi esa safarda "Legiya" mehmoni bo‘ldi. Mazkur o‘yinda raqibidan tajribaliroq sanalgan nemis klubi 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Real" – "Sporting" 2:1
Gollar: Bruno Sezar 46, - 0:1. Ronaldu 89, - 1:1. Morata 90+5, - 2:1.
"Real" – Kasilya, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Kroos (Xames, 77), Beyl (Vaskes, 67), Ronaldu, Benzema (Morata, 67).
"Sporting" – Ruy Patrisiu, Koates, Zegelar, Joau Pereyra, Ruben Semedu, Bruno Sezar, Adriyen Silva (Elias, 73), Jyelson Martinsh (Markovich, 70), Vilyam Karvalyu, Ruis, Dost.
Ogohlantirishlar: Adriyen Silva (39), Vilyam Karvalyu (57), Zegelar (65), Kroos (75).
"Legiya" – "Borussiya D" 0:6
Gollar: Gyottse 7, - 0:1. Papastatopulos 15, - 0:2. Bartra 17, - 0:3. Gerreyru 51, - 0:4. Kastro 76, - 0:5. Obameyang 87, - 0:6.
"Legiya" – Malyaj, Chervinski, Dombrovski, Bereshinski, Gilerme, Mulen (Radovich, 75), Odjidja-Ofoe, Kazaishvili (Aleksandrov, 66), Yodlovets, Lanjil, Priyovich (Nikolich, 63).
"Borussiya D" – Byurki, Bartra, Papastatopulos, Shmeltser, Gerreyru, Pulishich, Vaygl (Ginter, 79), Gettse (Kastro, 75), Pishchek, Obameyang, Dembele (Mor, 75).
Ogohlantirishlar: Malyaj (16), Gilerme (30), Bereshinski (61), Gettse (74).