Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unda parlament komissiyasi a'zolari, ijtimoiy sheriklik sub'yektlari – ijroiya hokimiyati organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida nodavlat-notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining loyiha va dasturlarini davlat tomonidan moliyaviy ko‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Xususan, joriy yilda davlat ijtimoiy buyurtmasi taqdim etish va davlat grantlari ajratish bo‘yicha oltita tanlov o‘tkazildi. Oliy Majlis xuzuridagi jamoat fondining ushbu tanlovlarida mingga yaqin NNT, OAV va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ishtirok etib, 27 milliard 760 million so‘mlik loyihalar taqdim etdi.
Tanlovlar natijasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik 210 dan ziyod loyiha ko‘llab-quvvatlandi. Ularga davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan 5 milliard 230 million so‘m ajratildi. Shuningdek, davlat ijtimoiy buyurtmalari shaklida 2,3 milliard so‘mlik loyihalar bajarilmoqda.
– Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantlarining beshinchi va oltinchi tanlovlari natijalarini ko‘rib chiqdik, – deydi Oliy Majlis Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Botir Matmurodov. – Unga ko‘ra, 55 NNT, OAV va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari g‘olib bo‘ldi. Bu loyihalar davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan 1 milliard 350 million so‘m miqdorida moliyalashtiriladi.
Loyihalar doirasida joylardagi davlat boshqaruvi organlari bilan ijtimoiy sheriklikda “G‘oyaga qarshi g‘oya: jaholatga qarshi ma'rifat bilan”, “Men Vatanimni sevaman”, “Jamiyatda mening o‘rnim bor” kabi mavzularda turkum tadbirlar o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
14:26 / 16.11.2024
Yangi Zelandiyada maori deputatlari bahsli qonun loyihasiga norozilik bildirib, majlisda raqsga tushdi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
17:48 / 06.11.2024