Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy shahrida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
Viloyat mehnat boshqarmasi, Navoiy shahar va Karmana tumani hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda aholi bandligini ta'minlash, ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e'tibor yuksak samaralar berayotgani ta'kidlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Yarmarkada viloyatdagi 126 korxona 300 dan ziyod bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi. 90 dan ortiq kishiga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. Ahamiyatlisi ularning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlardir.
Yarmarka davomida ishtirokchilarga mehnat qonunchiligi bo‘yicha huquqiy maslahat va tavsiyalar berildi.
Mavzuga oid
18:34 / 17.04.2026
Navoiyda 8 yoshli o‘quvchi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
16:19 / 10.04.2026
Navoiyda bolalarni urib, haqoratlagan tarbiyachi qamoqqa olindi
10:22 / 06.03.2026
Navoiyda bir maktabning 23 o‘quvchisi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
21:28 / 04.08.2025