OAV: Rio-2016da 53 nafar britaniyalik sportchi doping iste'mol qilgan

Buyuk Britaniya aksildoping agentligi (UKAD)ning ma'lum qilishicha, 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan 53 nafar britaniyalik sportchining Butunjahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan dorilarni davolanish maqsadida qo‘llashga ruxsati bo‘lgan. Bu haqda, BBC Sport xabar qilmoqda.
15 sentabr kuni Fancy Bears xakerlik guruhi e'lon qilgan ma'lumotlarga ko‘ra, WADA 8ta mamlakatning 25 nafar sportchisiga taqiqlangan dorilardan foydalanishga ruxsat bergan. Ularning 14 nafari Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiada musobaqalarida sovrindor bo‘lishgan. Shulardan besh nafari britaniyalik: velopoygachilar Kris Frum va Bredli Uiggins, golfchi Charli Hall, regbichi ayol Hizer Fisher va eshkakchi Sem Taunsendlardir. Yana 48 nafar britaniyalik olimpiyachilarning ismi-sharifi keyinroq e'lon qilinishi kutilayapti.
UKAD rahbari Nikol Sapstidning bayonot berishicha, uning tashkiloti doping iste'mol qilgan, ammo ismlari oshkor qilinmagan sportchilar fosh etilmasligi uchun barcha choralarni ko‘rmoqda.
«Hozirda bu bizning asosiy vazifamiz. Biz, shuningdek, nomlari oshkor bo‘lganlar bilan bog‘lanishga urinayapmiz. Ularning hech biri noqonuniy ish qilmagan. Men xakerlar qilgan ishni qabul qila olmayman. Shaxsiy tibbiy ma'lumotlarni oshkor etish — yaxshi emas», — degan Sapstid.
Umuman, Buyuk Britaniya milliy Olimpiya terma jamoasi tarkibida 366 nafar sportchi Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Turkiyaga «ikkinchi tarkib»ni yubordi. Bu nima degani?
Jahon | 19:34
-
Putin Turkiyaga nega «ikkinchi tarkib»ni yubordi?
Jahon | 19:17
-
Toshkentdagi CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2025 bo‘lib o‘tdi
Jamiyat | 19:00
-
Qozog‘istonda davlat xizmatchilariga ChatGPT’dan foydalanish taqiqlandi
Jahon | 18:30
Mavzuga oid

20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi

14:20 / 21.12.2024
RF atletlariga neytral maqomda OO‘ga yo‘llanma olish uchun ruxsat berildi

20:31 / 20.09.2024
Olimpiya shaharchasi hududida xokkey majmuasi qurilishi mumkin

14:53 / 06.09.2024