Iqtisodiyot | 20:38 / 16.09.2016
8779
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina XVJdan 1 mlrd dollar oldi

Ukraina Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVJ) 1 mlrd dollar oldi, deb xabar bermoqda UNIAN axborot agentligi.  

"Ukraina milliy banki ma'lumotiga ko‘ra, 14 sentabrda kechki vaqt ma'lum qilingan, jamg‘arma direktorlari kengashi qarori doirasida kutilganidek 1 mlrd dollar miqdorida mablag‘ olindi", deb ma'lum qildi agentlik. 

XVJ Ukrainaning Rossiyaga qarzi bo‘lishiga qaramasdan unga yordam ko‘rsatmoqda. Jamg‘arma qoidalariga ko‘ra, qarzdor davlat o‘z qarzini to‘lash bo‘yicha vijdonli sa'y-harakatlarni namoyish qilgan taqdirdagina bunga yo‘l qo‘yiladi.

Avvalroq Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov Kiyev qarzini to‘lash bo‘yicha hech qanday sa'y-harakatni amalga oshirmayotgani va Moskva XVJning Ukrainaga navbatdagi kreditni berish bo‘yicha yondashuvidan juda hafsalasi pir bo‘lganini aytgandi.

 

Mavzuga oid