Jamiyat | 15:23 / 17.09.2016
6231
2 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya ayrim yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun jazoni qat'iylashtiradi

Buyuk Britaniya hukumati mamlakat yo‘l harakati qoidalariga o‘zgartish kiritishni rejalashtirayapti. Xususan, avtomobilni boshqarish vaqtida mobil telefondan foydalanganlik uchun jazo kuchaytiriladi. "Bi-bi-si" telekompaniyasining xabar qilishicha, 2017 yildan kuchga kiruvchi yangi talabga ko‘ra, mobil telefondan foydalanganlik uchun 200 funt sterling (260 dollar) pullik jarima va 6 jarima bali qo‘yish ko‘zda tutilgan. 

Uch yil mobaynida 12 ball to‘plansa, amaldagi tizimga muvofiq, haydovchilik guvohnomasi tortib olinadi. Bunda, takroriy qoidabuzarlikda pulli jarima miqdori 1 ming funt (1,3 ming dollar)gacha ortishi mumkin. Bugungi kunda, telefonda gaplashib ketayotgan yoki chorrahada mobil qurilmadan foydalanayotgan haydovchiga 100-130 funt jarima (130-170 dollar) va 3 jarima bali belgilanadi. 

Haydovchilik guvohnomasini olganiga 2 yilcha bo‘lgan yangi haydovchilar uchun 6 ballik jarima, mashina ruliga o‘tirish huquqidan mahrum bo‘lishini anglaadi. Ular, yangi guvohnoma olish uchun qayta imtihon topshirishlari kerak bo‘ladi. 

Birlashgan qirollik transport vazirligiga ko‘ra, yangilangan qoidalar kelasi yilning birinchi yarim yilligida kuchga kirishi kerak. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, avtomobilini boshqarish chog‘ida mobil telefondan foydalangan haydovchilar ishtirokida 492 ta YTH ro‘y bergan, ularda 21 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid