Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston rahbari Almazbek Atambayev 60 yoshda - uning kecha va buguni
Bugun Qirg‘iziston prezidenti Atambayev, o‘zining 60 yoshini qarshiladi. Shu munosabat bilan, mamlakatda bo‘lib turgan RF prezidenti Vladimir Putin uni tavallud kuni bilan qutlab, uni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi.
Respublikasi prezidenti, davlat va siyosat arbobi Almazbek Sharshenovich Atambayev 1956 yil 17 sentabr kuni Qirg‘iz SSR, Frunze oblasti, Voroshilov rayon, Arashan qishlog‘ida tavallud topgan. U, 2011 yil 1 dekabridan e'tiboran mamlakat prezidenti sifatida respublikani boshqarmoqda. Bungacha, 2010-2011 yillarda bosh vazir lavozimida ishlagan Atambayev, Qirg‘iziston sotsial-demokratik partiyasi raisi hisoblanadi. U shuningdek, Qirg‘iziston sambo federatsiyasi faxriy prezidenti hamdir.
Davlat rahbari 1980 yilda Orjonikedze nomidagi Moskva boshqaruv institutini (hozirda Davlat Boshqaruv universiteti) muhandis-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha ishlab chiqarish boshqaruvi tashkilotchisi sifatida tamomlagan. Muhandis sifatida mehnat faoliyatini boshlagan Atambayev, keyinchalik, Qirg‘iz SSR aloqa vazirligida yetakchi iqtisodchi lavozimda ishlagan.
1983 yildan SSSR Yozuvchilar uyushmasi a'zosi hisoblangan. Shu yildan respublika parlamenti faoliyatida ham ishtirok etgan. 1987-1989 yillarda Frunze shahri (hozirgi Bishkek) Pervomaysk rayoni ijroiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari bo‘lgan. 1989 yilda hokimiyat organlaridagi faoliyatini tark etib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni boshlagan.
1997 yilda «Forum» ilmiy-ishlab chiqarish firmasining direktori bo‘lgan. 1997-1999 yillarda «Qirg‘izavtomash» AJning bosh direktori. 1999-2004 yillarda «Forum» sanoat guruhining direktorlar kengashi raisi bo‘lib ishlagan. 2004-2005 yillarda «Qirg‘izavtomash» korporatsiyasi direktorlar kengashi rahbari. 2004 yilda Qirg‘izistonning eng boy 100 kishisi ro‘yxatiga kiritilgan.
1995-2000 yillarda xalq vakillari yig‘ilishi 2 chaqiriq Jogorku Kenesh deputatligiga saylangan. 3 chaqiriq deputatligiga nomzodini surgan, ammo mag‘lub bo‘lgan. Qirg‘iz respublikasi prezidentligi uchun 2000 yilgi saylovlarda uchinchi o‘rinni olgan.
2005 yil martidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng, 2005 yil sentabridan 2006 yil apreliga qadar respublika sanoat, savdo va turizm vaziri. 2007 yilning 30 martidan 28 noyabrigacha respublika bosh vaziri bo‘lgan. 2010 yil 7 aprelidan, Aprel inqilobidan so‘ng, muvaqqat hukumat rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 2010 yil 13 iyulda iste'foga chiqqan.
2010 yil 17 dekabrida yana bir bor mamlakat hukumatini boshqardi. Aynan shu sanadan, u Qirg‘iz respublikasining yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha bosh vazir etib saylangan.
Siyosiy faoliyati davomida uch marta prezidentlik uchun nomzodini qo‘ygan. Shundan faqat uchinchisida Respublika rahbarligiga munosib ko‘rilgan. Birinchi turdayoq saylovda g‘alaba qozongan Atambayev 2011 yil 1 dekabridan o‘z lavozimini bajarishga kirishgan.
Almazbek Atambayev qo‘shiqlar yozish bilan qiziqadi. U, qo‘shiqlarini gitara sadolari ostida o‘zi ijro etadi. U bir vaqtlar Qirg‘iziston yozuvchilari adabiy jamg‘armasini ham boshqargan.
Shu bilan birga, Almazbek Atambayev 2017 yilgi prezidentlik saylovida o‘z nomzodini qayta qo‘ymasligini ma'lum qilib kelmoqda. Bundan tashqari, o‘z o‘rniga munosib nomzodni ham tayyorlamayotganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026