Shavkat Mirziyoyevning tabrigi, Qirg‘iziston rahbari 60 yoshda, Mashhur reperning haj amali, Facebook’ning qoraqalpog‘istonlik xodimi, Geynrixning fantastik goli
O‘tgan tunda O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz’ning tonggi dayjestida.
Shavkat Mirziyoyevning tabrigi
O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 17 sentabr kuni telefon orqali bo‘lgan suhbatda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.
>>> Batafsil.
YeXHTga taklifnoma
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun rasmiy taklifnoma yubordi.
>>> Batafsil.
Qirg‘iziston rahbari 60 yoshda
Bugun Qirg‘iziston prezidenti Atambayev, o‘zining 60 yoshini qarshiladi. Shu munosabat bilan, mamlakatda bo‘lib turgan RF prezidenti Vladimir Putin uni tavallud kuni bilan qutlab, uni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi.
>>> Batafsil.
Dunyoning 25 ta eng yirik banki
Xitoy banklari jahonning eng yirik banklari har yilgi ro‘yxati Forbes Global 2000’da yana birinchi o‘rinlarni egalladi.
>>> Batafsil.
Toshkentning Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalaridan fotoreportaj
Toshkent shahridagi Bunyodkor va Muqimiy ko‘chalari kesishmasida yangi yo‘l o‘tkazgich qurilish ishlari olib borilmoqda. Kun.uz saytining fotomuxbiri tomonidan taqdim etilgan fotomateriallar orqali bunga guvoh bo‘lish mumkin.
>>> Batafsil.
Mashhur reperning haj amali
Atoqli reper Kevin Geyts haj ziyoratini amalga oshirmoqda. Reper ziyorat bilan bog‘liq videorolikni o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirgan.
>>> Batafsil.
Facebook’ning qoraqalpog‘istonlik xodimi
Qoraqalpog‘istonlik yosh yigit Aziz Murtazoyev qanday qilib Facebook’ga ishga kirganini aytib berdi. Hozirda u kompaniyaning Londondagi idorasida ishlaydi.
>>> Batafsil.
Geynrixning fantastik goli
Qozog‘iston Premer-Ligasining 27-turida “Ordabasi” jamoasi o‘z maydonida “Okjyetpes”ga qarshi bahs yuritdi.
>>> Batafsil.
Qomatingiz tik bo‘lishi uchun 5 maslahat
Zamonamizning eng xavotirli tendensiyalaridan biri aksariyat vaqtimizni o‘tirib o‘tkazishimizdadir. Bu zararli odat bir qator ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keladi. Noraso qomat, tushkun kayfiyat, sochning to‘kilishi, qon kamayishi - bu hali hammasi emas...
>>> Batafsil.
Fotojamlanma: Zamonaviy JARda hayratga soluvchi tengsizlik
Irqiy tengsizlik va doimiy kamsitish Janubiy Afrika Respublikasida deyarli 50 yil davomida hukmron bo‘lgan. 90-yillarning boshida vaziyat yaxshi tomonga o‘zgargan bo‘lishiga qaramay, aparteid allaqachon ichki tuzilmaga kirib borgan.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
21:18 / 18.03.2020
Prezidentning xalqqa murojaati, Qirg‘izistonga kirib kelgan koronavirus, Gulnora Karimovaga yangi hukm va kunning boshqa xabarlari
21:55 / 12.03.2020
Prezidentning Xorazmga safari, xonandalarni soliqqa tortayotgan DSQ, pandemiyaga aylangan koronavirus va kunning boshqa xabarlari
21:52 / 11.03.2020
Muhokamaga sabab bo‘layotgan avto narxlari, Sandersni yenggan Bayden, Turkiyaga kirib kelgan koronavirus va kunning boshqa xabarlari
22:23 / 10.03.2020