Jahon | 19:04 / 19.09.2016
5583
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniya Suriyada harbiylarning bombalanishida ishtirok etganini tan oldi

Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi shanba kuni Suriya hukumati harbiylarining halok bo‘lishiga olib kelgan amaliyotda ishtirok etgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. Vazirlik bayonoti Assoshieyted Press tomonidan chop etilgan.

Unda Britaniya "koalitsiya bilan to‘la hajmda hamkorlik qilishi" qayd etilgan.

Suriya sharqida, Dayr az-Zorda xatolik tufayli berilgan zarbalar tufayli turli manbalarga ko‘ra 62 nafardan 83 nafargacha bo‘lgan suriyalik harbiy halok bo‘ldi, 100 nafardan ortig‘i yaralandi.

Bungacha, AQSh bilan birga Avstraliya hamda Daniya samolyotlari ham bu amaliyotda ishtirok etgani tasdiqlangandi.

Pentagon bu hujum xatolik tufayli ro‘y berganini ma'lum qilib va halok bo‘lganlar uchun hamdardlik bildirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid