Jamiyat | 19:08 / 19.09.2016
5218
3 daqiqa o‘qiladi

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasidagi ishlarga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi institutida sel-toshqin va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Tadbirda Fuqaro muhofazasi instituti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Z.To‘rayev va boshqalar mamlakatimiz hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularning profilaktikasini tashkil etishga davlatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilayotganini ta'kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar, sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mamlakatimiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan samarali muhofaza qilishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan ushbu qaror ijrosini ta'minlash yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotir. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida “O‘zgidromet” markazi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining Xavfli geologik jarayonlarni kuzatish davlat xizmati hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari bilan hamkorlikda Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarining tog‘li tumanlaridagi qor ko‘chish va sel kelish xavfi bo‘lgan hududlarini o‘rganish bo‘yicha tizimli aerovizual kuzatuvlar olib borildi. 

Aholi va hududlarni toshqinlardan himoya qilishdagi asosiy tadbirlardan biri bu – sel yo‘llarining suv oqimini to‘liq o‘tkazuvchanlik holatini ta'minlashdir. Shu maqsadda suv omborlari, selxona va sel yo‘llari holati o‘rganib chiqildi. 

Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda mamlakatimiz aholisi va hududlarini sel-toshqinlar va yer ko‘chkisi hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish borasidagi tadbirlar haqida batafsil ma'lumot berildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi. 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid