Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Favqulodda vaziyatlar sohasini raqamlashtirish uchun Digital Team tashkil etildi
Hukumat qarori bilan favqulodda vaziyatlar sohasida raqamli transformatsiyani jadallashtirish maqsadida Digital Team idoralararo raqamli jamoasi faoliyati tartibi tasdiqlandi. Yangi jamoa sohaga raqamli texnologiyalar, innovatsion yechimlar va elektron xizmatlarni keng joriy etish bo‘yicha faoliyat yuritadi.
Hukumatning 2026 yil 26 iyundagi 329-son qarori bilan Digital Team idoralararo raqamli jamoasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Mazkur nizom jamoaning maqsadi, asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlari hamda 2027 yil yakuniga qadar faoliyat ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga ko‘ra, idoralararo raqamli jamoaga favqulodda vaziyatlar vazirining raqamlashtirish, innovatsiya va kiberxavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha o‘rinbosari rahbarlik qiladi.
Jamoaning asosiy vazifalari qatoriga aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasiga raqamli texnologiyalar, zamonaviy dasturiy mahsulotlar, elektron xizmatlar va innovatsiyalarni joriy etish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish kiradi.
Shuningdek, sohani raqamlashtirishga oid tashabbus va takliflarni ishlab chiqish hamda ularni amalga oshirishni muvofiqlashtirish ham jamoaning muhim vazifalaridan biri etib belgilangan.
Nizomga muvofiq, idoralararo raqamli jamoa yig‘ilishlarida ko‘rib chiqilgan masalalar bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Yig‘ilish bayonnomasi uch ish kuni ichida jamoa rahbari tomonidan hamrahbar bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.