Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Bosniya va Hertsegovinaning buyurtmasini qabul qildi
Yevropa Ittifoqi (YeI) Bosniya va Hertsegovinaning tashkilotga a'zo bo‘lish uchun topshirgan buyurtmasini qabul qildi. Bu haqida Yevropa kengashining saytida xabar qilindi.
Kengash Bosniya va Hertsegovinani Yevropa Ittifoqi, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan uzviy hamkorlik qilish borasidagi tadbirlar rejasi grafikiga muvofiq islohotlarni ta'minlash bo‘yicha harakatlarini davom ettirishga chaqirdi.
“Bugun biz Bosniya va Hertsegovinaning Yevropadagi kelajagi va yo‘nalishini belgilovchi tarixiy onlarni boshdan kechiryapmiz. Bu ushbu mamlakatlar, ayniqsa, yoshlar uchun eng yoqimli lahzalardan biri”, - dedi Bosniya bosh vaziri Denis Zvizdich.
YeI tarkibiga qo‘shilish maqsadida topshirilgan buyurtmaning qabul qilinishi mamlakatning ittifoqqa qo‘shilish jarayoni uchun zarur bo‘lgan ilk qadamlaridan biridir. Endi Bryussel Bosniya va Hertsegovinaning Yevroittifoqqa yaqinlashish jarayoni uchun bajarishi kerak bo‘lgan shartlarni e'lon qiladi.
Bosniya va Hertsegovina 2016 yilning 15 fevralida Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun buyurtma berishgan.
Mavzuga oid
12:52 / 24.01.2026
Rossiya tankeri O‘rta Yer dengizida boshqaruvni yo‘qotdi
15:54 / 22.01.2026
Merkosur bilan erkin savdo kelishuvi: yevrodeputatlar yuridik tekshiruv talab qildi
12:17 / 19.01.2026
Yevroittifoq AQSh bilan savdo kelishuvini ratifikatsiya qilishni to‘xtatadi
16:16 / 30.12.2025