Şu kunlarda AQŞ, Kanada va Meksikada navbatdagi jahon çempionati ötkazilmoqda. 48 ta jamoa orasida Bosniya ham bor. Yevropadan Italiya, Daniya kabi kuçli jamoalar jahon çempionatiga bora olmagan bir paytda Bosniyaning mundialga yöllanma olişi möjizaday böldi. Bu jamoani jahon çempionatiga professional murabbiy emas, sönggi paytlarda futbol şarhlovçisi sifatida işlab kelgan sobiq futbolçi olib çiqdi.

Bolqon yarimorolida joylaşgan va unça katta davlat bölmagan Bosniya Yevropaning örtamiyona terma jamoalaridan biri hisoblanadi. 2026 yil may oyida bu jamoa FIFA reytingida 65-örinda bölgan. Iyun oyida 64-öringa kötarildi.

Töliq nomi Bosniya va Hersegovina bölgan bu davlat har doim ham qit’a hamda jahon çempionatlarida öynayvermaydi. Bosniya terma jamoasi şu paytgaça Yevropa çempionati final qismida töp surmagan.

Jahon çempionatida esa bir marta, 2014 yilda Braziliyada bölib ötgan musobaqada iştirok etgan. Şu sababli hozirda AQŞ, Kanada va Meksikada bölib ötadigan jahon çempionatiga yöllanma olinişini bosniyalik muxlislar haqiqiy möjiza sifatida qabul qilişdi.

Bosniya xalqaro musobaqalarda

Bosniya ham xalqaro musobaqalarda qatnaşişni Özbekiston kabi 1990-yillarning birinçi yarmida boşlagan. Ungaça bu davlat qariyb 50 yil davomida Yugoslaviya tarkibida bölgan va 1992 yilda mustaqillikga erişgan.

Ma’lumotlarga köra, Bosniya terma jamoasi özining birinçi rasmiy öyinini 1993 yilda Tehronda Eron terma jamoasiga qarşi ötkazadi.

Bosniyaliklar ilk marta 1996 yilda 1998 yilda bölib ötadigan jahon çempionati saralaşida iştirok etadi va öz guruhida törtinçi örinni egallaydi.

2002 yilda bölib ötgan jahon çempionati saralaşida Bosniya juda yomon natija körsatadi va guruhda oxiridan ikkinçi örinni egallaydi.

2006 yilda bölib ötgan jahon çempionati saralaşida Bosniya biroz yaxşi natija körsatadi va bu safar guruhda uçinçi örinni egallaydi.

2010 yilda bölib ötgan jahon çempionati sarlaşida Bosniya ança muvaffaqiyatli qatnaşadi va bu safar öz guruhida ikkinçi örinni egallaydi.

Biroq bu natija jamoning jahon çempionati final qismiga töğridan töğri çiqişiga yetarli bölmaydi. Jamoa ötiş öyinida har ikki bahsda ham Portugaliyadan 1:0 hisobida yengiladi.

2014 yilda bölib ötgan jahon çempionati saralaş öyinlarida nihoyat Bosniya öz guruhida birinçi örinni egallaydi va Braziliyada bölib ötgan musobaqalarda qatnaşadi.

Foto: Bavarian Football Works

Garçi Bosniya Yevropaning örtamiyona jamoasi hisoblansa ham, bu yurtdan köplab taniqli öyinçilar yetişib çiqqan. Bir paytlar Bavariyada porlagan Hasan Solihamidjiç, Mançester Siti, Roma va Interda töp tepgan Edin Jyeko, Roma, Yuventus va Barselona tarkibida öynagan Miralem Pyaniç, şuningdek, Emir Spaxiç, Vedada Ibişeviç, Zvezdan Isimoviç şular jumlasidan.

Şarhlovçining Bosniya termasiga murabbiy bölişi

2014 yilda bölib ötgan jahon çempionatidan söng Bosniya terma jamoasining öyinida keskin pasayiş boşlanadi.

Bosniyaliklar 2018 yilda bölib ötgan jahon çempionati saralaşida guruhda uçinçi örinni, 2022 yilda bölib ötgan çempionat saralaşida esa törtinçi örinni egallaydi.

Şundan söng terma jamoa futbolçilari va boş murabbiy tanqidlar ostida qolib ketadi. Sobiq futbolçi, turli telekanallarda futbol şarhlovçisi bölib işlab kelgan Sergey Barbarez termani tanqid qilişda eng faollardan biri böladi.

Barbarez har bir çiqişida terma jamoa futbolçilarini, boş murabbiyni, öyin taktikasini, Bosniya futboli tepasidagi şaxslarni ayovsiz tanqid qiladi.

Şu bilan birga u terma jamoa qanday öynaş kerakligi, hujum qanday taşkil etilişi, himoya qanday uşlanişi haqida öz fikrlarini bildiradi.

Bir neça yil Sergeyning tanqidlariga çidab kelgan Bosniya futbol federatsiyasi rahbariyati 2024 yilda unga “Agar futbolni va murabbiylikni şunçalik zör bilsang, kel, özingni sinab kör va termani boşqar” deydi.

Foto: alamy.com

2024 yil 19 aprel kuni Sergey Barbarez Bosniya terma jamoasi boş murabbiyi etib tayinlanadi. Öşa paytda terma jamoa hali 2026 yilda bölib ötadigan jahon çempionati saralaş öyinlarini boşlanmagan edi.

Öşa paytgaça murabbiylik faoliyati bilan umuman şuğullanmagan Barbarez terma boşqaruviga kelgaç jamoada temir intizom örnatadi. Söng jamoaga öz falsafasini olib kiradi. Natija özini köp kuttirmaydi.

“Oydan tuşmagan” Sergey Barbarez

1971 yilda tuğilgan Sergey Barbarez sobiq futbolçi hisoblanadi. U 1989-1991-yillarda Bosniyaning “Valej Mostar” jamoasida öynaydi. Söng Germaniyaning “Hannover 96” jamoasiga köçib ötadi.

Sergey 1993-1996-yillarda “Union Berlin”, 1996-1998-yillarda “Ganza Rostok” jamoalarida töp tepadi. 27 yoşida Germaniyaning grand jamoalaridan biri Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qöşiladi.

Barbarez 2006 yilda Germaniyaning yana bir taniqli jamoasi “Bayyer” safiga ötadi va bu yerda ikki mavsum töp tepib, 2008 yilda butsalarini mixga iladi.

Şuningdek, Sergey Barbarez 1998-2006 yillar mobaynida Bosniya terma jamoasi safida 47 ta öyin ötkazadi va 17 ta gol urişga muvaffaq böladi.

Foto: T-Online

Sergey 2009 yildayoq Bosniya terma jamoasini 2012 yilda bölib ötadigan Yevropa çempionati saralaş öyinlarida boşqarişni xohlaşini aytadi. Biroq uning mamlakat terma jamoasiga murabbiy bölişiga Bosniya tarkibidagi Serb respublikasi futbol federatsiyasi qarşi çiqadi.

Sergey murabbiy böliş yölidagi ahdidan qaytmaydi va 2011 yilda UYeFAning Pro litsenziyasini qölga kiritadi. Biroq heç bir jamoani boşqarmaydi. Uning yagona maqsadi Bosniya termasini boşqariş edi.

Biroq mamlakat futbol federatsiyasi unga işonç bildirmaydi va Sergeyning terma jamoa murabbiyi böliş haqidagi orzusi amalga oşmay qolaveradi.

Şundan söng Sergey turli telekanallarda futbol şarhlovçisi sifatida işlaydi va terma jamoa öyinlarini tahlil qilib, uning asosiy tanqidçisiga aylanadi. Oxir-oqibat mamlakat futbol federatsiyasi unga imkoniyat berişga qaror qiladi.

Jahon çempionati saralaşi

Barbarez boşçiligidagi terma jamoaga 2026 yilda bölib ötadigan jahon çempionati saralaşida Avstriya, Ruminiya, Kipr va San-Marino raqib böladi.

Foto: Tribuna.com

Umrida heç qaçon murabbiylik qilmagan Sergey Barbarez öz salohiyatini Ruminiyaga qarşi keçgan bahsda körsatadi va 2025 yil mart oyida bölib ötgan öyinda ruminlarni Buxarestda 1:0 hisobida yengib qaytadi.

Oradan uç kun ötgaç Bosniya öz uyida Kipr termasini 2:1 hisobida yengadi. Uçinçi va törtinçi öyinlarda San-Marino ikki marta mağlub etiladi. Törtta öyinda törtta ğalaba va yuz foizlik natija.

Biroq keyingi öyinlarda bosniyalikdan omad yuz ögiradi. Jamoa öz maydonida Avstriyaga yutqazib qöyadi. Kiprda esa durang öynaydi.

Yettinçi öyinda öz uyida Ruminiyani yana mağlub etadi. Oxirgi sakkizinçi öyinda guruh peşqadami Avstriya bilan Venada durang qayd etiladi va jamoa 17 oçko bilan guruhda ikkinçi böladi. Birinçi örindagi Avstriya 19 oçko töplaydi.

Öşanda oxirgi öyinda Avstriya taslim etilganda ham Bosniya töplar nisbatiga köra ikkinçi örinda qolardi. Avstriya töğridan töğri jahon çempionatiga yöl oladi. Bosniya pley-offda qatnaşiş huquqini qölga kiritadi.

Italiyani ortda qoldirgan Bosniya

Pley-offga Bosniyadan taşqari yana 11 jamoa saralaş bosqiçi, 4 jamoa Millatlar Ligasi reytingi orqali çiqadi.

Ana şu 16 jamoa 4 guruhga bölinadi. Bosniya jamoasi Italiya, Uels hamda Şimoliy Irlandiya bilan bir guruhga tuşadi. Özaro öyinda Bosniya hamda Uels örtasidagi bahs durang bilan yakun topadi. Penaltilar seriyasida Bosniyaga omad kulib boqadi. Ikkinçi öyinda Italiya jamoasi Şimoliy Irlandiyani 2:0 hisobi bilan yengadi.

Foto: novilist.hr

Jahon çempionatiga yöllanma beruvçi hal qiluvçi öyin Italiya hamda Bosniya örtasida keçadi va durang bilan yakunlanadi. Penaltilar seriyasida yana Bosniyaning qöli ustun keladi va ular kimsan Italiya termasini yengib, jahon çempionati iştirokçisiga aylanadi.

Bosniya va Italiya örtasidagi bahs nihoyasiga yetgaç, Bosniya xalqi bayramni boşlab yuboradi. Odamlar katta yutuqni nişonlaş uçun köçalarga çiqadi. Jamoani jahon çempionatiga olib çiqqan Sergey Barbarez milliy qahramonga aylanadi.

Aytgança, AQŞ, Meksika va Kanadada bölib ötayotgan jahon çempionatida Bosniya Kanada, Şveytsariya va Qatar terma jamoalari bilan bir guruhda joy olgan.

Hozirgaça Bosniya birinçi öyinda Kanada bilan 1:1 hisobida durang qayd etdi. Ikkinçi öyinda unça kuçli bölmagan Şveytsariyaga 4:1 hisobidan yutqazdi.

Jamoa pley-offga yöllanma olişi uçun endi uçinçi turda Qatarni mağlubiyatga uçratişi kerak edi va şunday ham böldi. Osiyo jamoasi 3:1 hisobida mağlub etildi.

Endi Bosniya öz yurişini 1/16 bosqiçida AQŞ termasiga qarşi öyin bilan davom etiradi. Köramiz, şarhlovçidan çiqqan murabbiy bu jamoani qayergaça olib bora olarkin?