Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda shartli "terrorchilar" yo‘q qilindi
ShHTga a'zo davlatlarning xalqaro aksilterror mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgan birlashgan qo‘shinlari qo‘mondonlik tomonidan qo‘yilgan topshiriqlarni bajargan. Ular Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tayotgan "Tinchlik missiyasi-2016" mashg‘ulotlari doirasida shartli "terrorchilar"ni yo‘q qildi, deb xabar qilmoqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati.
Xabar qilinishicha, o‘quv mashg‘ulotlarining terrorchilarni yo‘q qilish sahnasida qo‘shma kuchlarning front va hujum aviatsiyasi ham qatnashgan. Xususan, Rossiya va Xitoyning Su-24 va "Tszyan-Xun-7" bombardimonchi samolyotlari hamda Mi-8MTV va "Chji-9" vertolyotlari xizmatidan foydalanilgan.
"Tinchlik missiyasi-2016" Qirg‘izistonning Issiq ko‘l viloyati hududidagi tog‘li mintaqada bo‘lib o‘tmoqda. U, 21 sentabrgacha davom etadi. O‘quv mashg‘ulotlarida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Rossiya va Tojikiston Qurolli kuchlari ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026