MDH Ijroiya qo‘mitasiga O‘zbekiston prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun rasmiy taklifnoma yuborildi
Markaziy saylov qo‘mitasi MDH Ijroiya qo‘mitasiga rasmiy taklifnoma yo‘llab, O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etishga chaqirdi.
MDH kuzatuvchilari missiyasi faqatgina Hamdo‘stlikka a'zosi mamlakatlarga saylov o‘tkazayotgan mamlakatning rasmiy taklifiga binoan yo‘llanadi.
MDH Ijroiya qo‘mitasi xalqaro kuzatuvni tashkil qilishda katta tajribaga, shuningdek, saylovlarni kuzatish bo‘yicha rivojlangan huquqiy bazaga ega.
Xususan, 2002 yil 7 oktabrda MDH davlat rahbarlari Kengashi «MDHga a'zo davlatlarda demokratik saylovlar, saylov huquqlari va erkinliklari standartlari to‘g‘risida»gi Konventsiyani qabul qilgan, shuningdek, 2004 yil 26 martda MDH tashqi ishlar vazirlari Kengashi tomonidan davlat rahbarlari topshirig‘iga ko‘ra «Hamdo‘stlikka a'zo davlatlardagi prezident va parlament saylovlarida, shuningdek, referendumlardagi MDHdan yo‘llangan kuzatuvchilar Missiyalar to‘g‘risida»gi Nizom tasdiqlangan edi.
2004 yildan beri MDH Ijroiya qo‘mitasida MDH kuzatuvchilari missiyasi faoliyatini ta'minlash bo‘limi ishlamoqda.
Umuman olganda, MDH Ijroiya qo‘mitasi Hamdo‘stlik davlatlari bilan hamkorlikda MDHga a'zo barcha davlatlarda 80 dan ortiq missiyalar ishini tashkil etdi, ularning tarkibida 14 mingdan ortiq ekspert ishtirok etdi.
Bu vaqt ichida MDHda kuzatuvning o‘z metodikasi shakllangan bo‘lib, u yetakchi xalqaro tashkilotlarning metodikasidan qolishmaydi hamda saylov va referendumlarni xolis kuzatish imkonini beradi.
2011 yilda MDHga a'zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi «MDHning saylov va referendumlar kuzatish bo‘yicha xalqaro kuzatuvchilari uchun tavsiyalar»ni yangi tahrirda qabul qildi.
Saylov va referendumlar monitoringi siyosiy xolislar va betaraflik, saylov jarayoni va mamlakatning ichki ishlari aralashmaslik prinsiplari asosida olib boriladi. MDHda kuzatuv missiyasilarini shakllantirish, ularning rahbarlarini tayinlash prinsiplari va jarayonlari ishlab chiqilgan.
Kuzatuv davomida missiya saylovoldi kampaniyasini tashkil etish, ovoz berish va saylov kuni ovozlarni sanash kuzatadi, saylov jarayoniga, uning milliy saylov qonunchiligi va saylov o‘tkazayotgan davlatning xalqaro majburiyatlariga muvofiqligiga baho beradi.
O‘z xulosa va bahosini MDH kuzatuvchilari faqat o‘z kuzatuvlari, saylov kampaniyasini nazorat qilish jarayonida to‘plangan faktik material va ma'lumotlar tahlili, shuningdek, saylov komissiyalari va boshqa xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilari bilan hamkorlik natijasida to‘plangan axborot asosida taqdim etadi.
O‘zbekistonda MDH kuzatuvchilari missiyasi 2004, 2009 va 2014 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga, shuningdek, 2007 va 2015 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovlari chog‘ida kuzatuv amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi bungacha YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosiga, ShHTga, Islom hamkorligi tashkilotiga va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining xalqaro kuzatuvida ishtirok etish uchun rasman taklifnomalar yubordi.
Mavzuga oid
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024