Iqtisodiyot | 21:51 / 20.09.2016
5043
1 daqiqa o‘qiladi

OPeKka kiruvchi barcha davlatlar Jazoirdagi anjumanda uchrashadilar

OPeKka kiruvchi barcha davlatlar Jazoirda sentabr oxirida o‘tadigan Xalqaro energetika anjumanida ishtirok etishlarini tasdiqladilar. Bu haqda OPeK bosh kotibi Muhammad Barkindo ma'lum qildi. 

"Biz barcha a'zolarimiz IEF’ga (International energy forum) tashrif buyurishni rejalashtirayotganlari tasdig‘ini oldik", deb javob berdi Barkindo tegishli savolga.

Xalqaro energetika anjumani (International energy forum, IEF) 26-28 sentabrda Jazoirda bo‘lib o‘tadi. Avvalroq anjuman doirasida neft qazib oluvchi mamlakatlarning norasmiy uchrashuvi o‘tishi kutilayotgani ma'lum qilingandi. 

Bu uchrashuv 28 sentabrda bo‘lib o‘tishi mumkin. Taxmin qilinishicha, unda neft qazib olish hajmini muzlatish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlanishi mumkin. Bahorda Dohada o‘tgan bunday muzokaralar OPeK ichidagi turli fikrlik sababli besamar yakunlangandi. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid