Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik sotuvchi ayol o‘g‘ri qarshisida o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi
Buyuk Britaniyaning Kingston-apon-Xall shahridagi do‘konda sotuvchilik qiladigan ayol o‘zining xotirjamligi bilan pulni o‘marishga kirgan o‘g‘rining hushini boshidan uchirdi, deb xabar qilmoqda The Telegraph nashri.
Karamjit Sanganing hikoya qilishicha, u choy ichib o‘tirganida, do‘konga 20smlar keladigan pichoq bilan qurollangan erkak kishi bostirib kirgan.
«U menga barcha pullarni berishni buyurdi. Biroq, men xotirjam edim. Men choy ichayapman, deb javob berdim», — degan jasur sotuvchi.
Shundan so‘ng, jinoyatchi yana bir bor naqd pullarni berishni talab qilib o‘shqirgan. Ayol bunga javoban «yaxshi» deya, pichoqni olib o‘g‘rining yuziga silkita boshlagan.
«Men unga yomonlik qilmoqchi emasdim. Biroq, shuning o‘zi o‘g‘rini qo‘rqitishga kifoya qildi, uning qo‘llari qaltirab, qochib ketdi», — degan Sanga.
Politsiya tez orada gumondorni qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan. Shahar sudi mahalliy fuqaro Styuart Glisonni o‘g‘irlikka urinish, sovuq qurol olib yurish va soxta kupyuralarni saqlashlikda aybdor deb topib, 5 yillik qamoq jazosiga mahkum etdi.
Mavzuga oid
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
09:31 / 28.03.2026