21:34 / 21.09.2016
11779

Fotogalereya: Tramplandiyaga xush kelibsiz!

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblangan Donald Tramp Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintondan 7 foizga o‘zib ketmoqda.

The Los Angeles Times gazetasi va Janubiy Kaliforniya universitetining tadqiqot xizmati tomonidan o‘tkazilgan umummilliy so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 48 foiz respondentlar Trampni, 41 foizi esa Klintonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

Quyidagi Reuters tomonidan taqdim etilgan fotogalereyada Trampning tarafdorlari bo‘lgan amerikaliklarni turli qiyofalarda ko‘rish mumkin.

Donald Tramp Mayamidagi saylovchilar qarshisida

Manhetten, Tramp Tauer. Lift xodimi eshikni yopmoqda, uning ortida Donald Tramp yozuvi

2016 yil, 23 aprel. Trampning saylovoldi kampaniyasi jarayonlari Ostin shahrida

11 yoshli Milli March shunday oyoq kiyimlarida yurishni tanladi

Donald Trampning michiganlik tarafdori

Ayova. Uylardan biriga Trampning ulkan surati o‘rnatilgan

Frederiksburgda istiqomat qiluvchi 8 yoshli Kol Brayd Trampni qo‘llab-quvvatlaydi

Florida. "Kumush shporlar maydoni"

Michigandagi saylovoldi kampaniyasi oldidan AQSh madhiyasi kuylanmoqda

Donald Tramp muxlislaridan biri boshqaruvidagi yuk mashinasi

Tramp tarafdorlari raqib tomonga munosabatni shunday ifodalashdi. Ostindagi saylovoldi kampaniyasi ishtirokchilari

Saylovchilar Trampni kutishmoqda

Trampning ayovalik yosh tarafdori

Tramp tarafdorlari Shimoliy Karolinadagi universitet hovlisida to‘plangan

Arizona. Saylovoldi kampaniyasi doirasidagi uchrashuv boshlanishi arafasida madhiya yangramoqda

Michigan, Kadillak. Jim Yung ism-sharifli saylovchi

Top