Ochiqlik va oshkoralik saylovning muhim sharti
2016 yil 21 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “Jahon” axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, “Uzreport” axborot agentligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonini yoritish to‘g‘risida ikki tomonlama bitimlar imzoladi.
Saylovlarning ochiqlik, oshkoralik va transparentlik kabi demokratik tamoyillarga muvofiq holda o‘tkazilishida ommaviy axborot vositalari muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasi hamda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq ommaviy axborot vositalari saylov jarayonini keng yoritadi.
Bitimlarni imzolashga bag‘ishlangan tadbirda Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov o‘tgan yillardagi saylov kampaniyalari mobaynida ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishning barcha bosqichlari haqida jamoatchilikni xabardor qilish bo‘yicha katta tajriba to‘planganini ta'kidladi.
Bitimlar saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlari – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining tegishli qoidalarini, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlar va saylov jarayonini tartibga soladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng tushuntirish, Markaziy saylov komissiyasi a'zolari va saylov qonunchiligi sohasidagi olim va ekspertlar bilan suhbatlar uyushtirish, saylovchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ijrosi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi dasturlari haqida jamoatchilikni o‘z vaqtida xabardor qilish, saylov kampaniyasi to‘g‘risida xorijiy mamlakatlar davlat va jamoat arboblari, ekspert va tahlilchilari, ommaviy axborot vositalari vakillarining fikr-mulohazalari bilan mamlakatimiz aholisini doimiy ravishda tanishtirib borish borasidagi ishlarni samarali tashkil etishga qaratilgan.
Imzolangan bitimlarni amalga oshirish doirasida barcha darajadagi saylov komissiyalarining faoliyatini izchil yoritib borish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar uchun ularning saylovoldi dasturlari qoidalarini, mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy rivojlanishining muhim masalalariga taalluqli mustaqil nuqtai nazarlarini saylovchilarga, jamoatchilikka yetkazish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanishda, shu jumladan, teng hajmda efir vaqti va nashr maydoni ajratish yo‘li bilan keng va teng imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi
Mavzuga oid
21:09 / 05.11.2024
Saylovdan keyin Amerika Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartiradimi?
14:57 / 05.11.2024
Tramp yoki Harris. Ular saylovda yutishi uchun 10 sabab
21:40 / 04.11.2024
Tramp nimaning evaziga g‘olib bo‘lishi mumkin? Harris-chi? Yilning asosiy saylovi uchun batafsil prevyu
16:14 / 04.11.2024