Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta yoshdagi rossiyaliklarning 70 foizi umuman kitob o‘qimasligi ma'lum bo‘ldi
Katta yoshdagi rossiyaliklarning aksariyat qismi umuman kitob o‘qimaydi, deb aytdi Rossiya kitob ittifoqi raisi Sergey Stepashin. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
Stepashinning aytishicha, 12 yoshgacha bo‘lganlar orasida mutolaa qilish bo‘yicha Rossiya dunyoning eng ko‘p mutolaa qiluvchi 3 ta davlatidan biri hisoblanadi, 12 yoshdan kattalar orasida esa bu borada "o‘pirilish" mavjud.
Stepashin bu haqda Davlat dumasida Rossiyada 2016-2018 yillarda adabiyot, kitob chop etish va mutolaani qo‘llab-quvvatlash ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
Stepashin oilalarga mutolaa qilishni qaytarish muammosi bilan shug‘ullanishga chaqirdi. Uning aytishicha, mutolaa qilmaydigan ota-onalar farzandlariga hech narsa bera olmaydilar va ularni hech narsaga o‘rgata olmaydilar.
Mavzuga oid
21:30 / 21.01.2026
Rossiya iqtisodiyoti migrantlarsiz yashay oladimi?
20:49 / 21.01.2026
Rossiyalik generalni o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlik erkak umrbod qamaldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026