Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taygada 3 kun qolib ketgan 3 yashar bolaning suratlari paydo bo‘ldi
Xabarlarga ko‘ra, Seren D. u bilan birga o‘rmonga ketib, qutqaruvchilar bolakayni topguncha birga bo‘lgan iti tufayli tirik qolgan.
Layf.ru 3 kecha-kunduz taygada qolib tirik qolgan 3 yashar bolakayning suratlarini chop etgan. Seren 18 sentabrda, buvisi kir yuvish bilan ovora bo‘lgan vaqtda yo‘qolib qolgan edi. Go‘dakni qidirish ishlari 3 sutka olib borildi.

Shu maqsadda 100 nafardan ortiq inson, 12ta texnika jalb etildi. Qidiruv ishlari tinimsiz olib borilgan. Quruqlikdagi guruhlar 30 kv.km. maydonni ko‘zdan kechirishgan, aviatsiya 125 kv.km. maydon ustidan sinchkovlik bilan parvoz qilgan.
Hozirda, bolakay onasi bilan birga respublika shifoxonasiga olib kelingan. Biroq, shifokorlarning qayd etishlaricha, Seren jiddiy talofat ko‘rmagan. Uning ahvoli qoniqarli ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
18:33 / 17.07.2026
Rossiya va Ozarboyjon AZAL samolyoti halokati bo‘yicha barcha masalalarni hal qilgani aytildi
10:42 / 17.07.2026
“Faqat smartfoni yo‘qlarga taalluqli” - O‘zbekiston TIV Rossiyaning migrantlarga yangi talabi haqida
10:40 / 17.07.2026
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga olib kelindi
09:49 / 17.07.2026