Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Velomarafoni tufayli 24 sentabr kuni Toshkentning ayrim ko‘chalarida harakatlanish cheklanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 11 dekabrdagi bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi” hamda Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoyishiga binoan Toshkent shahrida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, velosport turini ommalashtirishga qaratilgan “Kamolot - Tur” IX yoshlar velomarafoni o‘tkazilishi belgilangan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bergan.
Shu munosabat bilan, harakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida joriy yilning 24 sentabr kuni soat 9:00dan 11:00ga qadar Abdulla Qodiriy ko‘chasi (Yunusobod tumani, Ts-5 mavzesi)dan Qorasaroy ko‘chasigacha bo‘lgan ko‘chalar (Sharof Rashidov, Shayxontohur, Abay, Sebzor, Qorasaroy ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.

"Toshkent shahar hokimligi ushbu cheklanishlar tufayli yuzaga keladigan noqulaychiliklar uchun oldindan uzr so‘raydi", deyilgan xabarda.
Mavzuga oid
17:11 / 10.08.2017
«Paxtakor» homiylari ichida hamon «Kamolot» bormi? (Fotofakt)
15:50 / 12.07.2017
Yoshlar ittifoqining Farg‘ona viloyati kengashiga rais saylandi
09:52 / 01.07.2017
Ota-onalarning farzand tarbiyasi uchun mas'uliyat va burchi huquqiy asosda mustahkamlanadi
09:24 / 01.07.2017