Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada musulmon ayol o‘qituvchi erkak hamkasblarining qo‘lini siqishdan bosh tortgani uchun maktabdan bo‘shadi
Shvetsiyada musulmon ayol o‘qituvchi o‘z hamkasblarini qo‘l siqish bilan qarshilash majburlab qo‘yilgandan keyin maktabdan bo‘shashiga to‘g‘ri keldi, deb xabar bermoqda The Local.
Firdavs Al-Sokka ismli bu ayol Shvetsiyaning janubida joylashgan Xelsingborgdagi maktabda 2016 yil avgustidan ishlay boshlagan.
20 yoshli qiz musulmon bo‘lgani uchun ishidagi nomahram erkaklarning qo‘lini siqishdan bosh tortgan. Buning o‘rniga u ularga qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib egilgancha salom bergan.
Maktabning erkak xodimlaridan biri ayol uning qo‘lini siqishni istamaganidan keyin bundan shikoyat qilgan.
"Bizning maktabda odamlarni farqlash yo‘q", deb aytgan maktab direktori.
Shundan keyin qiz o‘z ishidan bo‘shab, teng huquqlik masalalari bo‘yicha ombudsmenga murojaat qilgan.
Mavzuga oid
22:29 / 13.06.2026
O‘zbekiston va Shvetsiya o‘rtasida ilk bor migratsiya sohasida bitim va qo‘shma deklaratsiya imzolandi
23:00 / 10.06.2026
Shvetsiya o‘zbekistonlik mehnat muhojirlariga ochilmoqda
09:05 / 29.05.2026
Shvetsiya Ukrainaga Gripen qiruvchi samolyotlarini beradi
10:03 / 13.05.2026