Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tonggi xabarlar: Taygada 3 kun qolib ketgan 3 yashar bola, Eronda harbiy parad, Durov va Snouden bahsi, Messi 3 haftaga safdan chiqdi va boshqa yangiliklar
O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz’ning tonggi dayjestida.
Ikkinchi navbati ishga tushirilgan Qo‘ng‘irot soda zavodi

Endi korxona yiliga 200 ming tonna eksportbop mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Tramplandiya

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod hisoblangan Donad Tramp Demokratik partiya nomzodi Hillari Klintondan 7 foizga o‘zib ketmoqda.
>>> Batafsil.
Taygada 3 kun qolib ketgan 3 yashar bola

Xabarlarga ko‘ra, Seren D. u bilan birga o‘rmonga ketib, qutqaruvchilar bolakayni topguncha birga bo‘lgan iti tufayli tirik qolgan.
>>> Batafsil.
Yevropa Ittifoqida mobil roumingni bekor qilinadi

Yevrokomissiyada yevropalik abonentlar uchun rouming uchun qo‘shimcha xarajatlar bekor qilinishi ma'lum qilindi.
>>> Batafsil.
Eronda harbiy parad

Eronda 1980 yili Iroq bosqiniga qarshi urush boshlangan sanaga 36 yil to‘lgan kunda yirik harbiy parad o‘tkazildi.
>>> Batafsil.
Poroshenko va Obama

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashdi va Minsk kelishuvlari bajarilishining kelgusi qadamlarini muhokama qildi.
>>> Batafsil.
Durov va Snouden bahsi

Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov messenjerni yetarlicha himoyalanmagan deb hisoblayotgan, AQSh maxsus xizmatlarining sobiq xodimi Edvard Snoudenga tvitterda javob berdi.
>>> Batafsil.
Messi 3 haftaga safdan chiqdi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatining 5-turida "Atletiko"ga qarshi uchrashuvda o‘ng soni bosh mushagidan jarohat oldi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020