Jahon | 10:44 / 23.09.2016
3995
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning "Tyangun-2" kosmik labaratoriyasi orbitada sinov o‘tkazishni boshladi

Xitoyning "Tyangun-2" kosmik labaratoriyasi orbitada sinov o‘tkazishni boshladi. Bu haqida China Daily Xitoy fanlar akademiyasiga (CAS) asoslanib xabar berdi

Xitoylik olimlar 15 sentabrda Gansu provinsiyasidagi Tszyutsyuan komodromidan orbitaga "Tyangun-2" kosmik labaratoriyasini yetkazgan "Chanchjen-2F" raketa tashuvchisini uchirishdi.

Xitoy fanlar akademiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, payshanba kuni labaratoriya orbitada turli sinovlar o‘tkazishni boshladi. Bu vaqtga kelib, labaratoriyaning ilmiy anjomlari mustaqil tayyorgarlik tahlilini tugatishdi. "Tyangun-2"dan ilmiy tadqiqotlar uchun birinchi ma'lumotlar Yerga shanba kuni yetkazilishi kutilmoqda. 

"Tyangun-2"ning asosiy vazifalari boshqariluvchi va yuk kemalarini qabul qilish, fazogirlarni orbitada sinash, yonilg‘i quyish, shuningdek bir qator ilmiy va amaliy tajribalar o‘tkazishdan iborat bo‘lishi kerak. "Tyangun-2" Xitoyning ikkinchi orbita labaratoriyasiga aylandi, uning uzunligi - 10,4 metr, diametri - 3,35 metr, vazni - 8,6 tonna. 

Xitoylik olimlarning rejalariga ko‘ra, oktabr oyi o‘rtalarida boshqariluvchi "Shenchjou-11" kosmik kemasi ikki astronavtni "Tyangun-2"ga yetkazadi, ular 30 kun labaratoriyada bo‘lishadi. Bu Xitoy astronavtikasi tarixida rekord natija bo‘ladi. 2017 yilning aprelida Xitoy labaratoriyaga o‘zining ilk yuk kemasi "Tyanchjou-1"ni jo‘natadi, u bu yerga yonilg‘i va boshqa kerakli narsalarni yetkazib beradi. 

Xitoyning birinchi kosmik qurilmasi "Tyangun-1" 2011 yilning sentabrida ishga tushirilgan. 2016 yilning mart oyi oxirlarida "Tyangun-1" o‘z vazifalarini bajarishni to‘liq to‘xtatdi. U 1630 kun orbitada bo‘ldi. Modul rejadagidan ikki yarim yil ko‘p xizmat qildi. "Tyangun-1" 2017 yilning ikkinchi yarmida Yer atmosferasiga tushishi kutilmoqda, hozirda u belgilangan orbitada qolmoqda. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid