Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston va Fransiya 36 Rafale qiruvchisini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi
Hindiston va Fransiya mudofaa vazirlari Manoxar Parrikar hamda Jan-Iv Le Drian 23 sentabr, juma kuni 36 Rafale qiruvchisini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolashdi. Bu haqida NDTV telekanali ma'lum qildi.
Bitimni imzolash marosimi telekanal orqali translyatsiya qilindi. Mudofaa vazirlari hujjatlarni imzolashdi, lekin matbuotga bu haqida ma'lumot berishmadi.

Telekanalning ma'lum qilishicha, shartnoma summasi 7,8 milliard yevroni tashkil qiladi.
Fransiya va Hindiston qiruvchilarni xarid qilish haqida yanvar oyidayoq shartnoma imzolashgandi, ammo hujjatda ularning bahosi muvofiqlashtirilmagan bo‘lgan. Fransiyaning Dassault Aviation kompaniyasi 10,5 milliard yevro narx belgilagan. May oyida ularning bahosi 7,8 milliard dollarga tushirildi. Iyul oyida bu borada shartnoma imzolash rejalashtirilgan edi, biroq bunday bo‘lmadi. Sentyabr oyi boshida tomonlar muzokaralarni yakunlashgani va yaqin orada shartnoma imzolanishi haqida ma'lum qilingandi.
Shartnoma summasidan tashqari, Fransiya va Hindiston ofsetlar borasida ham kelisha olishmagan: Fransiya 30 foizda oyoq tirab olgandi, Hindiston esa 50 foizni talab qilgan edi.
Manbaga ko‘ra, birinchi qiruvchi Hindistonga uch yil ichida yetkaziladi, oxirgisi esa - shartnoma imzolanganidan yetti yil o‘tib.
Mavzuga oid
16:12 / 10.02.2026
Mudofaa tizimi, qiruvchilar va raketalar: Kiyev–Parij hamkorligi kuchayadi
19:27 / 09.02.2026
Fransiyadagi qotillik: politsiya tepkini egizaklardan qaysi biri bosganini topolmayapti
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
21:21 / 08.02.2026