Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva politsiyasi rahbari Anatoliy Yakunin iste'foga chiqdi
Foto: TACC
Moskva politsiyasi rahbari Anatoliy Yakunin o‘z lavozimini tark etadi, u iste'foga chiqish to‘g‘risida ariza yozdi. Bu haqida vaziyatni yaqindan biluvchi manbaga asoslanib, TASS xabar berdi.
"Anatoliy Yakunin iste'foga chiqish uchun ariza yozdi. U o‘z faoliyatini qayerda davom ettirishi hozircha noma'lum, ehtimol, bu Rossiya IIVning markaziy apparati bo‘lishi mumkin", - dedi agentlik suhbatdoshlaridan biri.
Manbaga ko‘ra, Yakunin yaqin vaqt ichida Rossiya IIVning operativ boshqaruv bo‘limiga rahbarlik qilishi mumkin, bu bo‘limning asosiy vazifasi navbatchi qismlarni nazorat qilishdan iborat.
"Bugungi kunda bu boshqarmaning vaqtinchalik rahbari - politsiya general-mayori Vyacheslav Xaustov", - dedi u.
Ma'lumotlarga ko‘ra, poytaxt boshqarmasi rahbari o‘z ishchilariga birgalikda ishlagan vaqt davomidagi xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirgan, ular ham, o‘z navbatida, rahbarga yangi ish joyida muvaffaqiyatlar tilashgan.
Mavzuga oid
13:08 / 13.05.2026
Zelenskiydan troll-farmon, «muzlagan» front: urushda nima gap?
18:34 / 07.05.2026
Bu yil Moskvadagi G‘alaba paradida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnashmaydi
20:39 / 27.04.2026
Moskvaga qish qaytdi – fotolar
12:07 / 23.04.2026