Moskva birjasi ma’lumotlariga köra, kun yakunida barça savdo sessiyalarini hisobga oluvçi IMOEX2 indeksi 1991,42 punktni taşkil etdi. Bu körsatkiç 2022 yil 20 oktyabridan beri ilk bor 2000 punktlik çegaradan pastga tuşganini anglatadi.
Asosiy savdo sessiyalarini qamrab oluvçi IMOEX indeksi ham 16 iyul savdolari yakunlariga köra 4,24 foizga pasayib, 2022,27 punktga yetdi. Bu 2022 yil sentabridan beri qayd etilgan eng katta kunlik pasayişlardan biri böldi.
Kun davomida eng katta yöqotişlarni VK, «Polyus», «Surgutneftegaz», «Rusal» va «Sistema» AFK aksiyalari qayd etdi. Xususan, VK aksiyalari kompaniyaning Max messenjeri va «VKontakte» ilovasi Google Play platformasidan olib taşlangani haqidagi xabarlar ortidan keskin arzonlaşdi.
Şuningdek, «Gazprom» aksiyalari bir donasi 83,98 rublgaça tuşdi. Bu kompaniya qimmatli qoğozlari uçun tarixiy minimumga yaqin körsatkiç hisoblanadi. Bundan avval eng past narx 2008 yil oktyabrida qayd etilgan edi.
Tahlillarga köra, Moskva birjasi indeksi joriy yil mart oyida 2904,39 punktgaça kötarilgan bölsa, şundan buyon uning qiymati 31 foizdan ortiqqa kamaygan.
DW qayd etişiça, fond bozoridagi uzoq davom etayotgan pasayiş Rossiya iqtisodiyotidagi muammolar fonida keçmoqda. Xususan, Ukraina qurolli kuçlarining dronlar yordamida neftni qayta işlaş zavodlari va yonilği-energetika infratuzilmasiga bergan zarbalari ortidan neft işlab çiqariş hajmi qisqargani va mamlakatda yonilği ta’minoti bilan boğliq qiyinçiliklar yuzaga kelgani aytilmoqda.
Bundan taşqari, Reuters agentligi hisob-kitoblariga köra, 2026 yil yakunlarida Rossiya federal budjeti xarajatlari va taqçilligi rasmiy rejada körsatilganidan 1 trillion rubldan ortiqqa oşib ketişi mumkin. Agentlik bahosiga köra, budjet xarajatlari 45,11 trillion rublni taşkil etadi, daromadlar esa 40,28 trillion rubl darajasida qolişi kutilmoqda. Natijada budjet taqçilligi avval rejalaştirilgan 3,79 trillion rubl örniga 4,83 trillion rublga yetişi mumkin.
















