Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy dunyodagi eng yirik FAST teleskopni ishga tushiradi
Xitoy 25 sentabrda dunyodagi eng yirik FAST radioteleskopini ishga tushirishni rejalashtirgan. Bu haqida South China Morning Post gazetasida xabar berildi.
Maydoni 30 futbol maydoni hududiga teng teleskop qurilishi 2011 yilning martida yo‘lga qo‘yilgan. Teleskop Xitoyning janubi-g‘arbidagi Guychjou provinsiyasi tog‘larida joylashgan. Teleskop diametri 500 metrni tashkil qiladi. Tuzilma perimetri 1,6 kilometrga teng. Loyihaga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 1,2 milliard yuan(taxminan 180 million dollar)ga baholanmoqda. U hozirda eng yirik hisoblangan 300 metrli diametrga ega Puerto-Rikodagi teleskopni ortda qoldiradi.
O‘tgan yakshanba teleskop uchun 30 tonnali yoritgichning o‘rnatilish ishlari yakunlandi. U teleskop yuzasidan 130 metr balandlikda joylashgan. Yoritgich radioto‘lqinlarni to‘plash uchun qo‘llaniladi, shuningdek signalni kuchaytiradi.
Bundan avval Xitoy markaziy televideniyesi FAST teleskopining dunyodagi eng tez kompyuterlaridan biri Sky Eye 1'ga ulanishini xabar qilgandi. Uning maqsadi - boshqa sayyoralarda hayotning bor yo‘qligini astronomik hisob-kitob qilish va mavhum materiyani o‘rganish. Yangi teleskop Xitoyning ochiq koinotdagi tadqiqotlar borasidagi imkoniyatlarini oshirishga yordam berishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026