Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbulda haydovchini ura ketgan yo‘lovchi yirik yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘ldi
Turkiyaning Istanbul shahrida yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 11 kishi jabrlandi. YTH eng serqatnov yo‘llardan birida yuz bergan. Kuzatuv kameralari avtobus tezlashib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, katta tezlikda mashinalar oqimiga urilganini qayd qilgan.
Bir nechta yengil mashinalar tanib bo‘lmaydigan darajaga kelgan.
Keyinroq ma'lum bo‘lishicha, YTHga avtobus yo‘lovchilaridan biri sabab bo‘lgan. U haydovchiga tashlanib, uni soyabon bilan ura ketgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.
Bezori yo‘lovchi hibsga olingan. U YTHni ataylab uyushtirgani aniqlashtirilmoqda.
Mavzuga oid
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16 / 26.05.2026
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026