Poroshenko yangi boshqariluvchi raketa muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilganini ma'lum qildi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko feysbukda "Luch" konstruktorlik byurosini yangi modeldagi boshqariluvchi raketa sinovlarini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi.
Poroshenko ukrainalik harbiylar 2,5 yil ichida o‘nlab yangi qurol-aslaha namunalarini olganlarini ta'kidlab o‘tdi.
"Biz endigina Ukraina qurolli kuchlarini texnik modernizatsiya qilishni boshladik. Oldinda qiladigan ishlar ko‘p!", deb aytdi Poroshenko.
Avgustda Ukrainada ishlab chiqarilgan raketa majmuasi sinovdan o‘tkazilgan vaqtda Ukraina xavfsizlik kengashi kotibi Aleksandr Turchinov Ukraina raketalarining Rossiyanikidan ustunroq ekanini aytgan.
"Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalardan farqli o‘laroq, Ukraina raketalari boshqariladi va aynan shuning uchun nishonlarni samaraliroq va aniqroq uradi, bu esa sinovlar vaqtida isbotlandi", deb aytgan Turchinov.
Keyinroq Turchinov "Ukroboronprom" mudofaa konsernining vazifasi qurol-aslaha jahon bozoriga chiqish hisoblanishini aytgan.
Mavzuga oid
21:09 / 05.11.2024
Saylovdan keyin Amerika Rossiya va Ukrainaga nisbatan siyosatini o‘zgartiradimi?
15:30 / 05.11.2024
Zelenskiy: Oktyabrda Ukrainaga 2 mingdan ortiq dron hujum qildi
14:50 / 05.11.2024
Janubiy Koreya Ukrainaga kuzatuvchilar va tahlilchilar guruhini yuborish imkonini ko‘rib chiqmoqda
11:10 / 05.11.2024