Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Mashina olib chiqib beraman” deb qishloqdoshlarini aldagan firibgar tavbasiga tayandi
Illyustrativ surat
Bekorchilikdan bir so‘m topmay, tekin daromad izlab yurgan Abdusattor Ro‘ziyev garchi tanishi bo‘lmasa ham avtosalonda tanishim bor, mashina olib beraman, deb gap chiqardi. Bu gap qishloqda birdan “bolaladi”, deb yozmoqda “Huquq” nashri.
Kunlarning birida qishloqdoshi Erkinni mashina olib beraman deb aldab, undan 8 ming 500, “shapka”si uchun 1 ming 500, qolgan to‘lovi deb yana 1 ming 700 AQSh dollari olib ketdi.
Bundan tashqari, yana bir qishloqdoshi Shahriyordan mashina olib berishni va'da qilib, avval 7 ming, keyin yana 2 ming AQSh dollari olib ketadi.
Mashina kutaverib, toqati toq bo‘lgan jabrdiydalar voqea yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ariza bilan murojaat qilishdi.
Mazkur holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari boshlab yuborildi. Shundan so‘ng Abdusattor olgan pullarini qaytarib berib, kechirim so‘radi.
Mavzuga oid
12:08 / 28.10.2025
Avtosalonlarda kafolat muddati bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlandi
10:35 / 20.09.2025
“Lixiang L9 uchun 67 ming dollar to‘lagandim” - “Premier Motors” fuqarolarni chuv tushirdi
12:22 / 12.09.2025
Toshkentda yana bir avtosalon o‘nlab mijozlarini chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi
09:46 / 22.08.2025