Raqobat qömitasi 60 dan ortiq avtomobillar çakana savdosi bilan şuğullanuvçi korxonalarda örganişlar ötkazdi. Bunda quyidagi tizimli kamçiliklar aniqlangan:

5 ta avtosalonda servis markazi mavjud emas. Misol uçun, Surxondaryo viloyatidagi "Roodell" MÇJ va "Riteyl" MÇJ avtosalonlaridagi KIA, Haval hamda Chery tovar belgisi ostidagi avtomobillar.

“Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunga asosan işlab çiqaruvçi tovardan kafolat muddati va xizmat muddati mobaynida foydalaniş imkoniyatini ta’minlaşi, tovarning ta’mirlanişini va unga texnik xizmat körsatilişini taşkil etişi şart.

39 ta avtosalonda davlat tilidagi avtomobildan foydalaniş qöllanmasi mavjud emas. Misol uçun, avtomobil boşqaruv panelidagi ma’lumotlarda Damas, Cobalt, Onix, Tracker, Malibu, Equinox, Traverse, Tahoe markali avtomobillaridagi qöllanmalar rus va ingliz tillarida ekani, Chery, HAVAL markali avtomobillarda esa rus tilida berilayotgani aniqlangan.

Şuningdek,“Roodell” MÇJ KIA va “ADM-ASTER” MÇJ QK avtosalonlarida ham texnik tavsiflar iste’molçilarga davlat tilida taqdim etilmay kelgan.

13 ta holatda avtomobil uçun berilgan kafolat muddati bilan avtomobilning butlovçi qismlari kafolat muddatlari örtasida tafovut mavjud.

Misol uçun, “Auto Region Plus” MÇJ tomonidan sotilayotgan BYD avtomobillari uçun 96 oy 150 000 km kafolat muddati berilgan bölsa, qörğoşin kislotali starter batareyasiga 12 oy yoki 20 000 km, yarim alohida qayd etilgan ehtiyot qismlariga 48 oy yoki 120 000 km kafolat muddatlari berilgan. Bunday holatlar “UzAvtoMotors” AK tomonidan işlab çiqarilgan avtomobillarda ham kuzatildi.

Misol uçun, Sobalt rusumli avtomobiliga 36 oy yoki 100 000 km kafolat muddati berilgan, avtomobil dvigateli uçun 24 oy yoki 50 000 km.

Xususan, “Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş töğrisida”gi qonunga asosan butlovçi buyumlarning kafolat muddati, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam bölmasligi holati örganilganida:

  • barça avtomobillarning butlovçi buyumlarning kafolat muddati, asosiy buyumning kafolat muddatidan kam ekani aniqlandi;
  • belgilangan kafolat talablariga rioya etmaslik, ya’ni servis markazi yoki ular tomonidan tavsiya etilgan servis markazlaridan boşqa joylardan xizmat körsatilgan bölsa yoki öz vaqtida olib kelinmagan bölsa, şuningdek, avtomobilga yangi uskunalar örnatilganda, ya’ni xavfsizlik qurilmasi (signalizatsiya), metan yoki propan yonilğisiga ötkaziş va boşqa özgartirişlar kiritilsa, sotuvçi, işlab çiqaruvçi tomonidan belgilangan kafolatdan muddatlaridan çiqarib yuboriladi.